Suriyadagi qamoqxonalarda mahbuslar ommaviy qatl etilmoqda

Xalqaro amnistiya tashkiloti ma’lum qilishicha, Suriyadagi qamoqxonalarda muxoliflarga yordam bergan 13 ming mahbus ustidan berilgan o’lim jazosi ijro etilgan.

Suriyadagi qamoqxonalarda mahbuslar ommaviy qatl etilmoqda

Xalqaro amnistiya tashkiloti ma’lum qilishicha, Suriyadagi qamoqxonalarda muxoliflarga yordam bergan 13 ming mahbus ustidan berilgan o’lim jazosi ijro etilgan.

Inson huquqlari bo’yicha faoliyat olib borgan tashkilotning yangi hisobotiga ko’ra, 2011 yilning sentyabri-2015 yilning noyabri orasida Saydnaya qamoqxonasida o’lim jazolari har hafta ommaviy ravishda ijro etilgan.

Xalqaro amnistiya tashkiloti o’lim hukmining ijro etilishi Suriya hukumatining oliy vakillari tomonidan tasdiqlanganini ma’lum qildi.

Suriya rejimi jinoyat yoki mahbuslarga nisbatan yomon muomala qilingani haqidagi iddaolarni keskin inkor etayotgan edi.

Xalqaro amnistiya tashkiloti vakillari hisobot tayyorlash uchun gardiyanlar, mahbuslar va qamoqxona xodimlari bilan bir qatorda, jami 84 kishi bilan muloqot o’tkazgan.

Bunga ko’ra, har hafta yoki ikki haftada bir marta 20 tadan yoki 50 tadan guruhlar shaklida butunlay yashirincha poytaxt Damashqdagi qamoqxonada o’lim jazosi ijro etildi.

Bu vaziyatni urush jinoyati deb baholagan Xalqaro amnistiya tashkiloti yanvar oyida ushbu masala yuzasidan Suriya hukumati bilan muloqot o’tkazish taklifini kiritgan, lekin Suriya hukumati bu taklifni inobatga olmagan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Suriya

Aloqador xabarlar