Lavrov:"Turkiya Suriya muxolifati bilan yo’lga qo’yiladigan muzokaralarga o’rtamchilik qiladi"

Sergey Lavrovning aytishicha, Qozog’istonning poytaxti Astanada olib borilgan muzokaralar Suriyada taxminan 6 yildan buyon davom etayotgan urushni to’xtatish yo’lida muhim bosqich hisoblanadi.

657468
Lavrov:"Turkiya Suriya muxolifati bilan yo’lga qo’yiladigan muzokaralarga o’rtamchilik qiladi"

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Turkiya Suriya muxolifati bilan yo’lga qo’yiladigan muzokaralarga o’rtamchilik qiladi.

Rossiyaning poytaxti Moskvada Mojariston Tashqi ishlar vaziri Peter Szijjarto bilan uchrashgan Lavrov: “BMTning Suriyadan mas’ul maslahatchisi Staffan de Mistura Rossiyaning qo’llab quvvatlovi bilan muzokaralarni tashkillashtirish ishlarini olib boradi. Turkiya muxoliflar bilan muzokaralarda, Eron esa, hukumat vakillari bilan muzokaralarda Misturadan o’z yordamini ayamaydi”,-dedi.

Uning aytishicha, Qozog’istonning poytaxti Astanada olib borilgan muzokaralar Suriyada taxminan 6 yildan buyon davom etayotgan urushni to’xtatish yo’lida muhim bosqich hisoblanadi.

Lavrovning fikricha, Astana muzokaralari qurolli muxolif guruhlarning yechim jarayoniga o’z hissasini qo’shishini mustahkamlashtirishni maqsad qiladi.

Lavrov siyosiy muxoliflar muzokara jarayonidan chetlatilmasligini aytdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Astana , #Suriya , #muzokara , #Sergey Lavrov , #Rossiya

Aloqador xabarlar