Xalqaro afv tashkiloti YI o’lkalarini terror bilan kurash chora- tadbirlarini tanqid qildi

Xalqaro afv tashkiloti, Yevropa ittifoqi (YI) o’lkalarida terror bilan kurash chora- tadbirlari nisbatsiz va ayrimchi ekaniga diqqat qaratdi.

653852
Xalqaro afv tashkiloti YI o’lkalarini  terror bilan kurash chora- tadbirlarini tanqid qildi

Xalqaro afv tashkiloti, Yevropa ittifoqi (YI) o’lkalarida terror bilan kurash chora- tadbirlari nisbatsiz va ayrimchi ekaniga diqqat qaratdi.

Xalqaro afv tashkiloti tomonidan tarqatilgan bir hisobotda, Yevropa ittifoq bo’ylab terror bilan kurash metodlariga qattiq  tanqidlar qildi.  

Yevropa o’lkalarida xavfsizlik siyosatlarining tahlikali va nisbatsiz ekaniga  diqqat qaratdi.

“ 2016 yilida Fransiya va Germaniyadagi terror hujumlaridan so’ngra shoshilinch olingan chora- tadbirlar  va ayrimchi xususiyati bor.” Deb ifoda etmoqda.

Hisobotda, terror bilan kurashga qarshi olingan chora- tadbirlar tamal erkinliklarga  zarar berganini bildirdi.

Fransiyada  favqulodda holatning  davom ettirilishini  tanqid qilgan  hisobotda, o’lkada ushbu tatbiq bilan sud qarori bo’lmasdan  turib  uylarda tintuv o’tkazilishi va namoyish o’tkazishning man qilinishi  kabi  chora- tadbirlar kun tartibiga keldi deb eslatildi.

O’lkalarning terror bilan kurash qonunlari, inson haqlari mudofaachilari ham bosim ostida  deb  hisobotda  alohida o’rin olmoqda.  Bu vaziyat Fransiyaning Parijdagi BMT konferensiyasidagi  atrof muhit partizanlari ham  uy qamog’ida deb  o’rnak ko’rsatdi.

Fransuz mahkamalari 2015-yilida 385 kishini, “ terrorni maqtash” jinoyatidan mahkum qilishi ham yana boshqa bir o’rnak sifatida  hisobotda o’rin oldi.

Tashkilot, noyabr oyida tarqatgan hisobotda, Yevropa ittifoqi qochqin siyosatini qattiq tanqid qildi.

Bu hisobotda, Yevropadagi qochqin siyosatini qochqinlarni  himoya qilishda ko’p, ko’ch nazoratini  maqsad qilib olgani ham  ma’lum qilindi.

 

 



Aloqador xabarlar