Xalqaro jamoatchilik, Isroil-Falasin masalasini muhokama qilmoqda

Xalqaro jamoatchilik, Isroil-Falasin masalasiga yechim izlashga davom etmoqda.

652138
Xalqaro jamoatchilik, Isroil-Falasin masalasini muhokama qilmoqda

Xalqaro jamoatchilik, Isroil-Falasin masalasiga yechim izlashga davom etmoqda.

Fransiyaning poytaxti Parijda tartiblangan Yaqin Sharqda Tinchlik konferensiyasiga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu qatnashdi.

Falastin va Isroil ishtirok etmagan yig'ilishda, ikki davlatdan tashkil topgan bir yechimning yagona chora bo'lganiga diqqat qaratildi.

Birlashgan Millatlar, Islom Hamkorlik Tashkiloti va Arab Ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda farqli davlatlardan vakillar ham qatnashdi.

Mezbon Fransiya Prezidenti Franchios Hollande Isroilning xalqaro huquqga zid turar-joy qurish faoliyatlarining salbiy ta'siriga diqqat qaratdi.

Hududda tomonlarning bir biriga ishonchi yuqolib borar ekan, janjalning ham avjlanib borayotganini ifoda etgan Hollande, "Isroil va Falastin o'rtasidagi muzokaralarni yagona yechim yo'li deb tushunaman. Dialog yetarsizligi tinchlik o'rnatishga ham to'sqinlik bo'ladi. 2 davlatdan tashkil topgan yechim kerak bu hamma uchun yaxshi bo'ladi" deb so'zladi.

Yig'ilishdan keyin bayonot bergan Fransiya tashqi ishlar vaziri Jean-Merc Ayrault ham shoshilinch yechim o'tnarish kerakligiga diqqat qaratdi.

Ayrault, "Maqsadimiz bu jarayonni faollashtirish. Yig'ilishda uch taklif kun tartibida edi. Biri Muzokara doirasi vuzjuga keltirilar ekan 1967 yilgi chegaralar asosida bo'lishi, ikki tomonning muzokaralarni boshlatishi va iqtisodiy rag'batlantirish ta'minlash" dedi.



Aloqador xabarlar