Braziliyada bu safar Aljachuz qamoqxonasida mahbuslar isyon ko’tardi

Rio Grande do Norte shtatidagi Aljachuz qamoqxonasida yuz bergan isyonda 26 mahbusning boshi tanasidan judo qilingan.

652003
Braziliyada bu safar Aljachuz qamoqxonasida mahbuslar isyon ko’tardi

Braziliyada avj olgan qamoqxona isyonlari davom etmoqda.

Bu safar Rio Grande do Norte shtatidagi Aljachuz qamoqxonasida mahbuslar isyon ko’tardi.

Isyonda 26 mahbusning boshi tanasidan judo qilingan.

Bulardan ikkitasi yoqib yuborildi.

Jasadlarning qaysi mahbusga oid ekanini aniqlash uchun sud medekspertiza tekshiruv olib bormoqda.

Medekspertiza tekshiruvlariga qaramay, jasadlarning kimga oid ekani aniqlanmadi.

Qamoqxonada ikki raqib to’da o’rtasida kelib chiqqani taxmin qilingan isyon 14 soat o’tgach, bostirildi.

Braziliya hukumati shimoliy shtatlardagi qamoqxonalarda nazoratni kuchaytirish uchun qo’shin askarlarini safarbar qildi.

620 ta mahbusga mo’ljallangan qamoqxonada 1083 ta mahbus jazo muddatini o’tamoqda.

Bahia shtatida esa, qamoqxonaga jo’natilish uchun politsiya boshqarmasida ushlab turilgan 21 ta mahbus qochib ketgan.

Olib borilgan operatsiya natijasida bulardan 6 nafari qo’lga tushirilgan.

Braziliyada yanvar oyi boshlarida avj olgan qamoqxona isyonlarida yuzga yaqin mahbus nobud bo’lgan.

 



Aloqador xabarlar