Braziliyadagi qamoqxonada mahbuslar isyon ko'tardi

Braziliyada yanvar oyi boshlarida avj olgan qamoqxona isyonlarida yuzga yaqin mahbus nobud bo’lgan.

651557
Braziliyadagi qamoqxonada mahbuslar isyon ko'tardi

Kecha 14 yanvar kuni Braziliyaning Riu-Grandi-du-Sul shtatidagi Natal shahrida joylashgan qamoqxonada mahbuslar isyon ko’tardi.

Isyon paytida kamida 10 kishi o'ldirilgan.

Raqib to’dalar o’rtasida kelib chiqqan to’polon butun qamoqxonada isyon ko’tarilishiga olib kelgan.

Isyonning hamon bostirilmagani aytilmoqda.

Qamoqxona atrofi qo’shimcha politsiya kuchlari va harbiylar tomonidan o’rab olingan.

Rio Grande do Norte shtati Adolat vazirligi ma’lum qilishicha, 620 mahbusga mo’ljallangan qamoqxonada hozirda 1083 mahbus jazo muddatini o’tamoqda.

Braziliyada yanvar oyi boshlarida avj olgan qamoqxona isyonlarida yuzga yaqin mahbus nobud bo’lgan.

Braziliya hukumati shimoldagi shtatlarda joylashgan qamoqxonalarda xavfsizlik nazoratini kuchaytirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni olgan.

Shuningdek, qamoqxona yaqinlariga qo’shimcha harbiy brigadalar joylashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Braziliya , #mahbus , #qamoqxonada isyon , #isyon

Aloqador xabarlar