Afg'onistonning Nangarhar viloyatida portlash sodir bo'ldi

Portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo'ldi, 2 kishi yaralandi.

651674
Afg'onistonning Nangarhar viloyatida portlash sodir bo'ldi

Afg'onistonning Nangarhar viloyatida portlash sodir bo'ldi.

Portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo'ldi, 2 kishi yaralandi.

Afg'oniston Ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, ushbu portlash Pokiston chegarasiga yaqin masofada ro'y bergan.

Ma'lum bo'lishicha, yo'l chekkasiga ko'milgan bomba to'satdan portlab ketgan.

Portlashda kimning qo'li borligi hali noma'lum.

Nangarhar viloyatida Tolibon bilan bir qatorda, DAISh terror tashkiloti ham katta kuchga ega.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Nangarhar , #portlash , #Tolibon , #DAISh

Aloqador xabarlar