Amerikada Donald Trampning qasamyod marosimiga katta tayyorgarlik ketmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlarining poytaxti Vashingtonda yangi prezident Donald Tramp 20 yanvar kuni ko’rkamli marosim bilan prezidentlik taxtiga o’tiradi.

648075
Amerikada Donald Trampning qasamyod marosimiga katta tayyorgarlik ketmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlarining poytaxti Vashingtonda yangi prezident Donald Trampning qasamyod marosimiga katta tayyorgarlik ketmoqda.

Donald Tramp 20 yanvar kuni ko’rkamli marosim bilan prezidentlik taxtiga o’tiradi.

Marosim doirasida dastlab, mavjud prezident Barack Obama yangi prezident Donald Tramp va oilasini Oq Uyda kutib oladi.

Avvalo, Obama va Tramp oila a’zolari bilan birga Oq Uyda uchrashadi.

Mana shunday qilib, lavozimni topshirish marosimi rasman boshlanadi.

Bu asnoda, Obamaning ashyolari yig’ishtirilib, Trampning ashyolari Oq Uyga joylashtiriladi.

So’ngra, Barack Obama bilan Donald Tramp Oq Uydan senatga yo’l oladi.

Senat binosida tantanali qasamyod marosimi o’tkaziladi.

Ushbu tarixiy voqeaga mingdan ziyod mehmon guvohlik qiladi.

Amerika konstitutsiyasiga muvofiq Injilga qo’lini qo’yib qasamyod qiladigan Trampga oilasi bilan birga safdoshlari ham hamrohlik qiladi.

Hillary Clinton saylov oldi kampaniyalarida qattiq tanqid qilgan raqibi Donald Trampning qasamyod marosimiga qatnashishini ma’lum qildi.

Darvoqe, Donald Tramp birgalikda ish olib boradigan safdoshlarining ro’yxatini tuzdi.

Ichki va tashqi siyosatda odatdagidan farqli siyosat yuritishiga imo qilgan Tramp, Barack Obama tomonidan tayinlangan ko’plab vakilni lavozimdan chetlashtirdi.

Yangi davrda Amerika Qo’shma Shtatlarining qanday siyosat olib borishi maroq bilan kutilmoqda.


  
 



Aloqador xabarlar