AQSh rahbarligidagi koalitsiya, Suriyada uyushtirgan havo hujumi oqibatida 8 terroristni o’ldirdi

Havo hujumi Suriyaning shimoliy-g’arbida, Jilvego’zu nomidagi chegara darvozasiga yaqin joyda joylashgan Bob al-Havo va Sarmada shahrini bir-biriga bog’lagan yo’lni nishonga olgan.

643312
AQSh rahbarligidagi koalitsiya, Suriyada uyushtirgan havo hujumi oqibatida 8 terroristni o’ldirdi

Angliyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra Amerika Qo’shma Shtatlari rahbarligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan Suriyada uyushtirilgan havo hujumi oqibatida, turli terror tashkilotlariga oid 8 terrorist o’ldirildi.   

Havo hujumi Suriyaning shimoliy-g’arbida, Jilvego’zu nomidagi chegara darvozasiga yaqin joyda joylashgan Bob al-Havo va Sarmada shahrini bir-biriga bog’lagan yo’lni nishonga olgan.

Terror tashkiloti al-Qoida bilan aloqasi borligi aytilgan qo’mondonlardan Hattab al-Kahtaniy ham ushbu hujumda olganlar orasida.  

Suriya rejimini qo’llab-quvvatlagan Abu O’mar al-Turkistoniy bilan al-Qoidaning Suriyadagi qanotining qo’mondoni Abu Muatasem ham haydovchisiz havo vositasi orqali uyushtirilgan hujum oqibatida o’ldirildi.



Aloqador xabarlar