AQSh, “Sinjarda, PKK terror tashkilotining hech qanday o’rni yo’q” dedi

Eslatib o'tamiz: PKK terror tashkiloti 2014-yilning 3-avgusti kuni DEASh terror tashkiloti hujumini bahona qilib, mintaqaga joylashib olgan edi.

639472
AQSh, “Sinjarda, PKK terror tashkilotining hech qanday o’rni yo’q” dedi

Amerika Qo’shma Shtatlari, PKK terror tashkilotining Iroqning Sinjar mintaqasida hech qanday rolining bo’lmasligi kerakligini aytdi.

Bu haqidagi bayonotni AQSh Tashq ishlar vaziri voizi Mark Toner berdi.

Toner kundalik matbuot anjumani yig’ilishida, PKK terror tashkilotining borligini Sinjardagi kelishuv zamini oldidagi asosiy to’siq sifatida qabul qilganliklarini ta’kidlab,

“AQSh tomonidan terror tashkiloti deya tan olingan PKK terror tashkilotining Sinjarda hech qanday roli bo’lmasligi kerak” dedi.

Sinjarda faol bo’lgan barcha guruhlarning mahalliy elementlarga aylana olishi uchun kerakli, siyosiy kelishuv jarayoniga hurmat ko’rsatishi kerakligiga e’tbor qaratgan Toner, Bog’dod bilan Erbil boshqaruvlarini bu mavzuda yaqin hamkorlik va koordinatsiya uchun jalb etganliklarini ham aytib o’tdi.

Toner,

“Ishonchim komilki hukumat ham Sinjarda tinchlikning o’rnashi va PKK terror tashkilotining borligi tug’dirgan muammolar haqida xijolatchiligimizni baham ko’rmoqdadir” deya gapirdi.

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi raisi Mesut Barzoniy bilan Bosh vaziri Nechirvan Barzoniy ham o’tgan hafta, Sinjarni tark etmagudek bo’lsa unda PKK terror tashkilotiga o’q uzmoqchi ekanliklarini aygan edi.

PKK terror tashkiloti 2014-yilning 3-avgusti kuni DEASh terror tashkiloti hujumini bahona qilib, mintaqaga joylashib olgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar