Fransiyaning sobiq bosh vaziri Manuel Vals unga belandi

Fransiyada aprel oyida bo’lib o’tadigan prezidentlik sayloviga o’z nomzodini qo’yish uchun bosh vazir lavozimidan iste’fo etgan Manuel Valsning ustidan noma`lum kimsa un sochib yuborgan.

636442
Fransiyaning sobiq bosh vaziri Manuel Vals unga belandi

Fransiyada aprel oyida bo’lib o’tadigan prezidentlik sayloviga o’z nomzodini qo’yish uchun bosh vazir lavozimidan iste’fo etgan Manuel Valsning ustidan noma`lum kimsa un sochib yuborgan.

Ma’lumotga ko’ra, bu voqea kecha, 22 dekabr kuni Strasburg shahrida yuz bergan.

U saylovoldi kampaniyasi doirasida tarafdorlari bilan restoranda uchrashmoqchi bo’lgan.

Restoranga kiraverishda “49.3ni unutmadik” deya hayqirgan kimligi noma’lum bir shaxs Vals va atrofidagilarga qarata bir qop unni sochib yuborgan.

Restoranda unga belangan yuzini va kiyimlarini tozalagan Vals: “Hechqisi yo’q. Bunday narsalar saylovoldi kampaniyalarida bo’lib turadigan kulgili holatlardan biridir”,-deya parvo qilmagan.

Fransiyada mehnat qonunchiligidagi islohotlarini mamlakat konstitutsiyasining 49-moddasi 3-bandiga muvofiq Umumiy kengashda ovozga qo’ymasdan qabul qilish huquqidan foydalangan Manuel Vals norozilikka sabab bo’lgan edi.

Bu holat mamlakatda katta ish tashlash namoyishlariga ham sabab bo’lgan edi.

Mazkur islohotning qabul qilinmaslik ehtimoli baland bo’lgani tufayli, hukumat shunday yo’l tutgani aytilgan edi va bu tartibot mamlakat miqyosida tortishuvlarni keltirib chiqargan edi.

Yanvar oyida bo’lib o’tadigan saylov oldi ovoz berish jarayonida fransuz sotsialistlarining nomzodi ma’lum bo’ladi.

Saylovda Vals bilan birga jami 7 ta nomzod bellashadi.

Fransiyada 2017 yil - saylovlar yili bo’ladi va 66 mln aholi mavjud bo’lgan mamlakatda 43 mln saylovchi avvalo prezidentni, so’ngra deputatlarni saylaydi.

23 aprel va 7 may kunlari orasida prezidentlik saylovlari, 11 va 18 iyun kunlari orasida esa, deputatlik umumiy saylovlari uchun taxminan 43 mln saylovchi ovoz beradi.

Fransiyada Respublikachilar partiyasining 2017 yilgi prezidentlik sayloviga ko’rsatgan nomzodi Fransua Fillon, keyingi nomzod esa Milliy jabha lideri Marine Le Pen.



Aloqador xabarlar