Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov mangu safarga kuzatilmoqda

Shafqatsiz suiqasd natijasida o’ldirilgan Karlov uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligida janoza marosimi o’tkazildi.

635972
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov mangu safarga kuzatilmoqda

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov mangu safarga kuzatilmoqda.

Shafqatsiz suiqasd natijasida o’ldirilgan Karlov uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligida janoza marosimi o’tkazildi.

Tashqi ishlar vazirligidagi marosimga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Bosh vazir Dmitriy Medvedev va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashdi.

Karlovning tobuti Tashqi ishlar vazirligi oldida minbarga qo’yildi.

Putin marosimda marhum elchi Karlovning bevasiga ta’ziya bildirdi.

Andrey Karlovning nomi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining shahidlar ro’yxatiga kiritildi.

Marhum Andrey Karlov uchun o’tkazilgan diniy marosim rus Ortadoks cherkovi patriarxi Kiril tomonidan boshqarildi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Andrey Karlovning xotirasiga hurmat maqsadida o’tkaziladigan marosimlarga qatnashish uchun bugungi yil oxiri matbuot anjumanini boshqa kunga qoldirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Andrey Karlov

Aloqador xabarlar