Indoneziyada samolyot fojiasi ro'y berdi
Indoneziya Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot Papua viloyatida qulab tushdi va samolyotda bo'lgan 13 kishi halok bo'lgan.
632673
Indoneziyada samolyot qulab tushdi.
Indoneziya Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot Papua viloyatida qulab tushdi va samolyotda bo'lgan 13 kishi halok bo'lgan.
Mamlakat qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari ma`lumotiga ko'ra, Timika shahridan uchgan S-130 Hercules samolyoti Vamen shahri yaqinidagi tog'larga borib urilgan.
Qurbon bo'lganlarning jasadlari Vamenga yetkazilgan.
Assoshieyted Press agentligi xabarida qayd etilishicha, halokat sababi noqulay ob-havo sharoiti bo'lishi mumkin.
Agentlik ma`lumotiga ko'ra, samolyot Vamen shahriga oziq-ovqat mahsuloti olib ketayotgan edi.
Aloqador xabarlar
Tramp yana bir mavzuda xalqiga va’da berdi
Tramp Oq uyga qaytishiga bir kun qolganida yana bir mavzuda xalqiga va’da berdi.