Bugun 10-dekabr, Xalqaro Inson huquqlari kuni

Turkiya, "Inson huquqlari kuni"ni 1949-yildan beri nishonlab kelmoqda.

627337
Bugun 10-dekabr, Xalqaro Inson huquqlari kuni

Bugun butun dunyoda, “Inson huquqlari kuni” nishonlanmoqda. Butun dunyo insonlari erkin va teng huquqga ega degan fikrdan yo’lga chiqqan BMTning Bosh assambleyasi 1948-yili, 10-dekabrni, “Inson huquqlari kuni’ sifatida nishonlashga kelishib olgan. Turkiya 1949-yilning aprel oyida BMTning tashkil topish bayonnomasini tasdiqladi. Huddi mana shu sanadan e’tiboran butun dunyoda bo’lganidek Turkiyada ham 10-dekabr kuni, “Inson huquqlari kuni” deb nishonlanib kelmoqda.

Inson huquqlari kunini butun dunyo boylab nishonlash an’anasi albatta inson huquqlariga e’tibor berish masalasining ortisihi oqibatida keng tarqadi. Ikkinji Jahon urushi chog’ida o’z hirslariga boyin ekkan diktatorlarning dunyoni jahannamga aylantirishi, millionlab insonning urush, badarg’a, genotsid va qirg’inga duch kelishi, odam bolasiga taqdim etilgan huquqlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinib, kafolatga olinishini ta’minladi. Bugungi kunda ham yirik bo’lmasa ham Iroq, Suriya kabi mamlakatlarda yuz bergan to’qnashuvlarga, ochiq-oydin paymol qilingan inson huquqlariga BMT kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan mone’lik qilinishga harakat qilinmoqda.

Umid qilamizki dunyoning qayerida bo’lishidan qat’iy nazar butun dunyo insonlari to’qnashuvlarga, tartibsizliklarga shuningdek teraktlarga qarshi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarib inson huquqlarining paymol qilinishiga mone’lik qiladi va inson huquqlari paymol qilinmaydi.



Aloqador xabarlar