Bugun dunyoning 70dan ortiq davlati halabliklar taqdirini muhokama qiladi

Dunyoning 70dan ortiq davlati ishtirokidagi BMTning Bosh Assambleyasida bo’lib o’tadigan ushbu yig’ilishda, Suriyaning Halab shahrida o’q uzishni to’xtatish kelishuvi va gumanitar yordamlarni yetkazib berishlik tog'risidagi qaror loyihasi ovozga qo'yiladi

627145
Bugun dunyoning 70dan ortiq davlati halabliklar taqdirini muhokama qiladi

Kanada rahbarlik qilgan dunyoning 70dan ortiq davlati bugun Suriyaning Halab shahridagi tinch aholini himoya qilish masalasini muhokama qilish maqsadida yig’ilish o’tkazadi. Ushbu yig’ilishda ishtirok etgan davlatlar orasida albatta Turkiya ham bor.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida bo’lib o’tadigan yig’ilishda, o’q uzishni to’xtatish kelishuvi va gumanitar yordamlarni yetkazib berishlik haqidagi qaror loyihasi ovozga qo’yiladi.

Bosh assambleyaning hal qiluvchi roli yo’q lekin xalqaro hamjamiyat fikrini yetkazishi jihatidan muhim o’ringa ega.

Shu bilan brga Suriyadagi oxirgi vaziyat BMT Xavfsizlik kengashida qo’lga olindi.

BMTning Suriya bo’yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura ertaga Jenevada, Amerika Qo’shma Shtatlari va Rossiyaning Halabning sharqidagi barcha qurolli guruhlarining ortga qaytishlari, hujumni bas qilishlari masalasini muhokama qilajaklarini bildirdi.

Suriyadagi muammoni hal qilishlik uchun takror tinchlik muzokaralarni boshlatishni taklif qilgan Mistura,

“Balki siyosiy muzokalarni takror boshlatishning vaqti yetib keldi. Harbiy g’alaba tinchlik degan ma’noni anglatmaydi, tinchlikni qo’lga kiritishning yo’llari farqlidir” deya gapirdi.

Halabning sharqida joylashgan va muxolifat guruh nazorati ostidagi mintaqalardan bugungacha 30 mingdan ortiq shahar aholisi o’z yurtini tark etishga majbur bo’lganligini eslatgan Mistura,

Rossiyaning, Halabdagi barcha harbiy amaliyotlarini bas qilishi ortidan qamal ostidagi mintaqani yana qariyb 8 ming nafar tinch aholi tark etishi mumkinligini aytdi.     

Mistura, “Halab”da yuz bergan voqealarning yaqin kunlarda Idlibda yuz bermasligiga kafolat bera olasizmi? degan savolga, “Yo’q, kafolat berolmayman” deb javob berdi.

Staffan de Mistura, 2016-yilning 8-noyabri kuni AQSh Prezidenti etib saylangan Donald Trumpning guruhi bilan Nyu-York va Vashingtonda uchrashmoqchi ekanligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar