Halabdagi yig’lagan bolalarning ovozi, odam bolasi yuragini tilka-pora qilmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya va Angliya liderlari Suriyaning Halab shahridagi vaziyat haqida qo’shimcha deklaratsiya chop etar liderlar unda eng ko'p, Halabdagi yosh bolalar vaziyatiga e'tibor qaratdi.

626294
Halabdagi yig’lagan bolalarning ovozi, odam bolasi yuragini tilka-pora qilmoqda

“Ko’z ongimizda gumanitar falokat yuz bermoqda”.

Bu ifoda Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya va Angliya liderlarining Suriyaning Halab shahridagi vaziyati haqida chop etilgan qo’shimcha deklaratsiyada o’rin oldi.

Oq saroy tomonidan yozma ravishda bayon etilgan deklaratsiyada, Rossiya bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan Suriya rejimi hujumlarining falokatga aylantirilganligiga e’tibor qaratilar ekan,

“Yig’lagan yosh bolalarning ovozi, odam bolasi yuragini tilka-pora qilmoqda” degan ifodalarga o’rin berildi.  

Mintaqaga bag’ishlangan gumanitar yordamlariga ham Bashar al-Asad rejimi bilan Rossiya tomonidan mone’lik qilinayotganligi ma’lum qilingan deklaratsiyada,

“Tinch aholi bilan kasalxonalarni barrel bombalari va kimyoviy qurollar bilan nishonga olgan Suriya rejimi hujumlarini keskin ravishda qoralaymiz” deyildi.

Halabda, tezlik bilan o’q uzishning to’xtatilishi kerakligini aytgan liderlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining suriyalik muhojirlar tomonidan qabul qilingan takliflariga Bashar al-Asad rejimining ham e’tibor berishi kerakligini ta’kidladi.

Qo’shimcha deklaratsiyada muammoni diplomatik yo’llar orqali hal qilishga yonashmagan Asad rejimining “urush jinoyatlarining” kuzatib borilishi va Suriya rejimi nomidan biron bir ishga qo’l urgan kishi yoki tashkilotlarga qarshi qo’shimcha chora ko’rilajagi ham ma’lum qilindi.

BMT Xavfsizlik kengashida tunov kuni amalga oshirilgan va Halabga atalgan “o’q uzishni to’xtatish” masalasi ovozga qo’yilar ekan Rossiya bilan Xitoy bunga qarshi salbiy ovoz berib, qonun loyihasiga veto qo’ygan edi.

Mahalliy manbaalar tomonidan ma’lum qilinishicha, Suriyadagi Bashar al-Asad rejimi va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan shia jangarilari hujumi ostida qolgan Halabning sharqida, 2016-yilning 15-noyabridan beri jon bergan tinch aholi soni 845 nafarga yetgan.

   

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar