Yevroosiyodan dolzarb mavzular 153-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Ukrainadagi oxirgi vaziyat haqida so’z qilamiz.

625444
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 153-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, Ukraina vaziyati avvalgiga qaraganda inson umriga zomin bo’lmayotganligi jihatidan yaxshilanishiga qaramay, masala haligacha hal qilingani yo’q, qilinadiganga ham o’xshamayapti hozircha.

Joriy yilning 19-oktabri kuni Germaniya, Rossiya, Fransiya va Ukraina Davlat rahbarlari ishtirokida Berlinda, “Normandiya to’rtligi” sammiti bo’lib o’tdi. Sammit yakunida bayonot bergan Ukraina Davlat rahbari Pyotr Poroshenko, Ukrainaning sharqidagi muammoni hal qilish uchun bir yo’l izlab topilishi tog’risida kelishib olganliklarini ma’lum qildi.

Ukraina parlamenti, 2016-yilning oktabr oyida xalqaro tashkilotlar bilan xorijiy davlat majlislaridan, Rossiya Oliy sudining Qrim tatar majlisini taqiqlash qarorini qoralash va tan olmaslikka undash haqida qaror qabul qildi.

Joriy yilning 28-oktabri kuni Polsha poytaxti Varshavada AQSh Tashqi ishlar vazirligining Rossiyaga joriy etilgan sanksiya siyosati koordinatori Daniel Fried, “Qrimning yaqin kunlarda Ukraina nazorati ositga o’tishi imkonsiz. Buning uchun yana-da ko’proq vaqtga ehtiyoj bor” degan edi. Huddi shunga o’xshash bayonot 2016-yilning 27-noyabri kuni Ukrainaning Bosib olingan mintaqalar va ichki qochqinlardan mas’ul vazir o’rinbosari Georgiy Tuka tomonidan ham tilga olingan edi.

Joriy yilning 31-oktabri kuni Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan 2016-yilning 17-oktabri kuni qo’l qo’yilgan va Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar kuchga kiritildi. 

Ukraina Xalq ta’limi va fan vazirligi Rossiya davlat ramzlarini o’z ichiga olgan ruscha darsliklarini man etdi.

Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti maxsus kuzatuvchilar missiyasi rahbar o’rinbosari Aleksandr Hug 3-noyabr kuni, Ukrainaning sharqidagi qurolli to’qnashuvlar sonining o’q uzishni to’xtatish kelishuviga qo’l qo’yilishidan oldin yuz bergan qurolli to’qnashuv soniga qaraganda yana-da ortganligini ma’lum qildi.

Ukrainaning Odessa shahridagi Primorskoy tuman Sudi, Qrim bilan Turkiya o’rtasida qatnagan Rossiyaning “Varyag” deb nomlangan paromini “taqiqlash” haqida qaror qabul qildi. Roppa-rosa 1 yil ortidan takror qatnay boshlagan parom ko’proq meva tashimoqda.

Ukraina muammosi to’g’risida hisobat tayyorlagan Xalqaro jinoyat sudi prokurori Fatu Bensouda, Qrim vaziyatini “Rossiya bilan Ukraina o’rtasidagi qurolli to’qnashuv” deb baholadi.

Joriy yilning 10-noyabri kuni Rossiya razvedkasi Qrimda, 2 nafar Ukraina fuqarosini josuslikda ayblab qo’lga tushirdi. Aybdorlarning sudga tortilishi Qrimda davom etmoqda. Rossiyaning bu harakatiga javoban 23-noyabr kuni Ukrainaning Xavfsizlik bo’limi tomonidan Qrim chegarasida nazorat ostiga olingan 2 nafar rossiyalik askarning 2 oyligiga qamalganligi ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 15-noyabr kuni, Qrim avtonom respublikasi va Sevastopol shahrida, inson huquqlari vaziyati haqida qaror qabul qildi. Ushbu qaror uchun 73 davlat ijobiy ovoz berar ekan, 23 davlat esa salbiy javob berdi shuningdek, 76 hay’at esa mujmal javob berdi. 

Belarus Davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 17-noyabr kuni, Ukrainaning sharqidagi to’qnashuvni to’xtatish va mintaqada odilona saylovlarning o’tkazilishi uchun yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

17-noyabr kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina bilan vizasiz tartib kiritishni birlamchi ma`qullaganligini va Yevropa parlamenti bilan muzokaralarning boshlatilajagini yetkazdi. 25-noyabr kuni esa Belgiya poytaxti Bryusselda 18-Yevropa ittifoqi-Ukraina sammiti bo’lib o’tdi. Yevropa ittifoqi kengashi raisi Donald Tusk, Yevrokomissiya rahbari Jean-Claude Juncker va Ukraina Davlat rahbari Pyotr Poroshenko ishtirok etgan sammitda vizasiz rejim, hamkorlik shartnomasi, energiya va Rossiya masalalari qo’lga olindi. Faqat bu uchrashuvda Yevropa ittifoqi davlatlari bilan Ukraina o’rtasida yo’lga qoyilishi kutilgan vizasiz rejim natija bermadi.    

18-noyabr kuni Ukraina Davlat rahbari Pyotr Poroshenko Kiyevda, 2013-2014-yili muxolifat tomonidan uyushtirilgan norozichilik namoyishlari to’g’risida Bosh prokuraturasiga guvohlik berganligi haqida ma’lumot tarqadi.  

Peru poytaxti Limada 20-noyabr kuni bo’lib o’tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan AQSh rahbari Barack Obama Ukraina muammosiga to’xtalib o’tganlar.

Joriy yilning 21-noyabri kuni esa Ukraina poytaxti Kiyevda, Maydon voqealarining 3-yilligi nishonlandi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Ukraina muammosi haligacha hal qilingani yo’q. Oxirgi vaqtlarda yuz bergan voqealar ham buning dalili. Ukraina bilan Rossiyaning o’zaro josus qo’lga tushirishlari, ikki mamlakat o’rtasidagi sanksiyalarning bekor qilinishiga ijobiy yo’l ochmayapdi. Yevropa ittifoqi Ukraina fuqarolari uchun joriy etmoqchi bo’lgan vizasiz rejim masalasini yana ma’lum vaqtgacha kechiktirdi. Ba’zi siyosiylar tomonidan Qrimning Ukrainaga qaytarib berilishining qisqa vaqt ichida imkonsiz ekanligining eslatilishi, Ukraina muammosini hal qilishga qanchalik hissa qo’shajagini yaxshilab baholab ko’rishimiz kerakligiga chorlaydi. Lekin shuni aniq tushunib yetkandaymiz yani Ukrainaning sharqi bu qishni ham murakkab shartlarda o’tkazadigandek.



Aloqador xabarlar