Kubaning afsonaviy lideri Fidel Castro o’lamdan o’tdi

Kubalik Marksist-Leninist inqilobchi va Kuba inqilobining rahbari Fidel Alejandro Castro Ruz kecha 90 yoshida o’lamdan o’tdi.

618029
Kubaning afsonaviy lideri Fidel Castro o’lamdan o’tdi

Kubaning afsonaviy lideri kecha, 2016-yilning 25-noyabri kuni 90 yoshida o’lamdan o’tdi.

Castroning vafotini Kuba telekanallari, Xalqaro axborot agentliklari e’lon qildi.

Kuba inqilobchisi Fidel Castro 2006-yilning 31-iyuli kuni sog’ligi yomonlashgani tufayli o’z vazifasini o’zining ukasi va o’rinbosari Raul Castroga topshirar ekan, 2008-yilning 19-fevrali kuni esa ushbu vazifasidan batamom uzoqlashdi, to’g’rirog’i u bu haqida o’z iste’fosini berdi. Castro ushbu vazifaga 1976-yili kelgan.

Castro, Kubada hukmronlik qilgan diktator Fulgencio Batistaga qarshi 1953-yili kurash boshlatib uning yakunida 1958-yili Kuba hokimiyatini qo’lga oldi va ortidan 1959-yili Bosh vazirlik vazifasiga boshlagan.

Kubani o’z xalqiga qaytarib bergan lider sifatida mashhur bo’lgan va mexnat qilishdan aslo toliqmagan Castro, kun tartibi masalalarini barafsil ravishda yoritib, maqolalar yozishni vafotigacha davom ettirdi.

Fidel Castro, oxirgi marotaba 2016-yilning 13-avgusti kuni, 90-tug’lgan kunida xalq oldiga chiqqan.

Castro vaqti-vaqti bilan Kubani ziyorat qilgan oliy martabali davlat arboblari bilan poytaxt Havanadagi qarorgohida uchrashar edi.



Aloqador xabarlar