Shveytsariyada boshlagan Kipr muzokarasi vaqtinchalik to’xtatildi

Shveytsariyaning Mon Pelerin shahrida 7-noyabr kuni boshlagan Kipr muzokarasi, grek lider Anastasiadisning talabiga binoan bir hafta to’xtatildi. Kiprning grek tomoni lideri turk tomonining talabini o’ylab ko’rmoqchi.

609393
Shveytsariyada boshlagan Kipr muzokarasi vaqtinchalik to’xtatildi

Kipr muammosini hal qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuzatuvida Shveytsariyaning Mon Pelerin shahrida 7-noyabr kuni boshlagan muzokaralar 20-noyabr kuni Jenevada takror boshlanadi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis kecha ertalab takror uchrashuv o’tkazdi va ushrashuv davomida tuproq kriteriylari haqidagi muhokama tamomlandi.  

Akinji bilan Anastasiadis o’rtasida qariyb 1 soat davom etgan uchrashuv ortidan ikki lider boshchiligidagi ikki boshqa delegatsiya masalani alohida-alohida baholadi.  

Tomonlar 5li sammit kunining aniqlanishi ortidan esa harita masalasini muhokama qilish uchun qayta yig’ildi.  

BMT Bosh kotibining Kipr masalasi bo’yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eide kuzatuvida 2 soat davom etgan bu uchrashuv ortidan grek lider Anastasiadis, turk tomonining taklifini o’ylab ko’rish uchun vaqtga ehtiojlari borligini aytdi.     

Shuningdek Anastasiadis, Kiprga qaytib bu masalani muhokama qilmoqchi ekanligini bildirdi.

Turk tomonining grek liderning talabiga ijobiy javob berishi ortidan muzokaralar 1 hafta to’xtatildi va uchrashuvlar 20-noyabr kuni Jenevada davom etadi.

Demokratiya partiyasi lideri Nikolas Papadopulos, 5li sammit masalasi qo’lga olinishidan oldin Anastasiadisni birgalikda yig’ilish o’tkazishga chaqirgan edi.

Turk tomoni katta ahamiyat bergan 5li sammitning qachon o’tkazilishi aniqlanmagudek bo’lsa unda Kipr masalasida qaror qilingan va BMT tomonidan liderlarga yozma ravishda yuborilgan deklaratsiyaning bekor qilinishi va jarayonning davom etmasligi qayd etilgan edi.

Shveytsariyadagi Kipr muzokaralari 7-noyabr dushanba kuni BMT Bosh kotibi Ban Ki-Moonning ham ishtirokida boshlagan edi.  

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar