Trumpning Bosh maslahatchisi Michael T. Flynn Fetullah Gulen masalasida Turkiyani qo’llab-quvvatladi

Iste’fodagi general leytenant, Donald Trumpning Bosh maslahatchisi Michael T. Flynn: “Turkiya bizning ittifoqchimizdir va u bugungi kunda siyosiy inqirozda, bizga ehtiyoji bor” der ekan u o'z so’zining davomida Gulenning haqiqiy yuzini oshkor qildi.

608851
Trumpning Bosh maslahatchisi Michael T. Flynn Fetullah Gulen masalasida Turkiyani qo’llab-quvvatladi

Turkiya uzoq vaqtdan beri mamlakat barqarorligini tahdit etgan siyosiy niqirozga qarshi kurash olib borar ekan ko'pchilik amerikalikning ittifoqchimiz bo’lgan bu mamlakat haqida qanday fikrda ekanligidan bexabar ekanligini aytish mumkin. Amerikaning ommmaviy axborot vositasi Erdog’an hukumatining muxolifat partiyalari ustidagi tazyiki haqida gapirar ekan ajoyib faoliyat yuritmoqda lekin buni to’g’ri va adolatli perspektiva ichida aks ettirishni eplolmayapdi.

O’z faoliyatimizga Turkiyaning Amerika manfaati uchun muhim ekanligini qabul qilgan ravishda boshlashimiz darkor. Turkiya IShID terror tashkilotiga qarshi kurashdagi eng kuchli sherigimiz hisoblanadi shuningdek, mintaqadagi barqarorlik manbai. Amerikaning harbiy amaliyoti uchun eng muhim bo’lgan hamkorlikni ta’minlamoqda. Lekin Obama rahbariyati Erdog’an va AK partiya hukumatini  ma’lum bir nuqtada ushlab turibdi. Afsuski bu vaziyat uzoq vaqtdan beri davom etgan hamkorligimizni tahdit etadigan ahmoqona siyosatdir.  

Amerika Qo’shma Shtatlari va Turkiya o’rtasidagi eng asosiy bahs masalasi aslida turkiyalik bo’lgan, bugungi kunda esa Amerikaning Pensilvaniya shtatida yashagan Fetullah Gulen degan shubhali bir mulladir. Unchalik ovoza qilinmagan bir videolavhadagi ma’lumotga ko’ra unga sobiq AQSh rahbari Bill Clinton “do’stim” deya xitob etardi.

Fetullah Gulen o’zini o'zgacha, to’g’rirog’i juda yaxshi niyatli dindor sifatida tanishtirdi. Lekin 15-iyul kuni Turkiyada qo’l urgan to’ntarish tashabbusi uning haqiqiy yuzini o’rtaga chiqardi. U bergan buyrug'ini hech ikkilanmay bajargan, bajarishga tayyor turgan “askarlari” bilan go’yo faxrlandi. Agar haqiqatdan ham to’g’ri va samimiy dindor bo’lganida edi na o’z yurtidan badarg’a qilinar, na Rajap Tayyip Erdog’an va turk xalqini ranjida etardi.

FETO terror tashkiloti lideri Fetullah Gulenning global tarmog’i qo’rqinchli va harakatsiz terror tarmog’iga loyiq ishoratlarga to’ladir. Turkiyaning fikricha Vashington, Turkiyaning Usame Bin Ladinini himoya qilmoqda.  

Vashingtonning portlashga tayyor turgan bu masala haqidagi jimjirtligi, Turkiyaning saylangan Prezidentini, o’zining siyosiy muxoliflarini yo’q qila olish uchun harbiy to’ntarish uyushtirganligi, o’z majlisini bombalaganligi va Turkiyaning kuchli iqtisodiyotiga bo’lgan ishonchni zaiflashtish kabi bema’ni iddioni eshitganimizda bundan ko’p narsa chiqarishimiz mumkin.  

Asossiz bu iddio, 11-sentabr kuni musulmon tuproqlarini bosib olib, bu yerdagi neftni qo’lga kiritish uchun Amerika razvedkasi tomonidan amalga oshirilgan amaliyot ekanligi haqida dushmanlarimiz tomonidan yoyilgan yomon niyatli iddioni eslatmoqda.

Ustiga ustak Amerikaning soliq to’lovchilari, Gulenning Amerika Qo’shma Shtatlaridagi 160 ta charter maktabini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlamoqda. Bu maktablarga Googlega berilgan H1-B vizasiga qaraganda yana-da ko’proq viza berilgan. Viza xodimlarimizning, savodsiz ingiliz tili o’qituvchilariga bergan minglab vizani tasdiqlashi esa ajoyib xunik vaziyatdir. CBS kanali tomonidan berilgan 60 Minutes (60 daqiqa) dasturining bir bo’limida, Turkiyadan import qilingan ingiliz tili o’qituvchilaridan biri bilan muloqat o'tkazilgan. Bir bo’lagi Ohio va Texasda bo’lish bilan birga ko’plab yuridik masalalar, bu maktablarning faoliyatidagi tartibsizlikni oshkor qildi.  

Lekin moliyaviy jihatdan manbaa yaratish Gulen uchun muammo emasdek ko’rinmoqda.

Tasodifan, Comsmos Foundation Clinton jamg’armasida ehson qiluvchilardan. Bill  Klinton ning Mo’lla Guleni” do’sti sifatida atalishiga hayron qolmaslik kerak. Hillary Klintonning maxsus yordamchisi va sirdoshi Huma Abidin Lodon markazli etnik Musulmonlar bilan aloqali bir  institut tomonidan bosilgan bir jurnalning  yordamchi editorligini  12 yil bo’yicha olib borgani bir sir emas.

 Afsuski AQSh xalqi, Gulenning   taniqli  Mavlono Jaloliddin  Rumiyning,  tasavvufini  tanitgan bir sufiy olim ekanligiga  dinlar aro  muloqotni yoyish uchun faoliyat olib borganiga va AQSh  yoshlariga oliy  saviyada matematika, ilm va Ingliz ta’limi  berib kelayotganiga ishontirishga harakat qilgan  aldoqchi.

 Ushbu shubhali  harakatlari   tufayli tilga olgan qayg‘ular va shubhalar esa  o’ziga qarashli huquqshunoslar va xos odamlari  tomonidan tezda chop etilib   masalani jamoatchilikdan  yashirmoqda .

Gulenga qarashli odamlardan  tashkil topgan  ushbu  soxta idrok bilan   o’zlariga bir  tashqi ko’rinish yaratgan va o’zini Turkiya hukumatining jabr ko’rgani kabi ko’rsatishga harakat qilmoqda.

Insonlar o’tmish xatolarini takror etganda  tarix takrorlaydi. Hozir Turkiyaning ahamiyatiga takror qarashimiz, anglash va berilgan ahamiyatga ko’ra yangi siyosatlar tashkil etishimiz lozim.  

Vashington , Pennsylvaniyada bizning o’z orqa hovlimizda rohat  ichida joylashgan va  yuziga niqob tortgan terror  va barqarorsizlik manbasi tomonidan aldangandir. NATO ittifoqdoshimiz Turkiyaga qarshi   bo’lish vijdonga zid va munosib bo’lmagan bir siyosatdir.  

Tashqi siyosatimizni Turkiyaga  birinchi o’rinda ahamiyat beradigan shaklda yangidan tartiblashimiz kerak. Turkiyaning nigohidan dunyoni ko’rishimiz kerak. 11- sentabrdan darhol keyin Uasme bin Ladin Turkiyaning ta’til shaharchalaridan birovida go’zal  bir villada yashaganini va bir tomondan esa Turk  xalqining soliqlari bilan 160 maktabni ishlatganini eshitsak nimalar qilardik?

Afsuski , har turli ekstremist guruhlar  qonuniyligini Gulen kabi aldamchi, firibgar soxta va so’zda ruhoniylardan ta’min etmoqdalar. Gulenga boshpana yeri bo’lmasligimiz lozim. Ushbu inqirozda kimning haqiqiy do’stimiz ekanini eslashimiz  qat’iy ravishda bir  majburiyat.    

Nafaqadagi  General polkovnik Michael T. Flynn,AQSh mudofaa razvedka  tashkiloti sobiq rahbari va Nyu York Timesning  juda ko’p  sotilganlar  ro’yxatida o’rin olgan “ The Field of Fight” nomli kitobining yozuvchisi.

Ushbu maqola nafaqadagi General Michael T. Flynnning The Hill gazetasi uchun 2016 8- noyabrda “ our ally Turkey is in crisis an needs  our support” sarlavhali maqolasidan  qisqacha olinmadir.

 

 

 



Aloqador xabarlar