Barish Burju, Shveytsariyada o’tayotgan Kipr muzokarasi haqida ma’lumot berdi

Shveytsariyaning Mon Pelerin shahrida davom etayotgan Kipr muzokarasida hal qilinolmagan ilk to’rt masalani qo’lga olgan tomonlar bundan buyon, tuproq masalasini muhokama qilishga o’tdi.

607746
Barish Burju, Shveytsariyada o’tayotgan Kipr muzokarasi haqida ma’lumot berdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti voizi Barish Burju, Shveytsariyada davom etgan Kipr muzokarasida samarali natijalar tomon yo’l olinayotganligini qayd etdi.

Shveytsariyaning Mon Pelerin shahrida davom etayotgan muzokaralarda hal qilinolmagan ilk to’rt masalani qo’lga olgan tomonlar bundan buyon tuproq masalasini muhokama qilmoqdalar.

Muzokaralarning eng nozik va eng muhim mavzularidan biri hisoblangan tuproq mavzusi ayni vaqtda jarayonning eng murakkab sarlavhalaridan biri deya baholanmoqda.

Muzokaralar uchrashuv formatida davom etar ekan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti voizi Barish Burju, turk jurnalistlar savoliga javob berdi.   

Jarayonning ijobiy tarzda davom etayotganligini belgilab o’tgan Burju;

“Muzokaraning ilk kunlarida tuproq masalasining qo’lga olinayotganligini va buning samarali natija tomon yo’l olayotganligini aytishim mumkin. Hammasi rejadagidek ketmoqda va natijalar qoniqarli” dedi.   

Barish Burju, tuproq masalasida kelishib olingudek bo’lsa unda oxirgi bosqichga o’tilajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar