Donald Trumpning zafaridan keyin duyodagi aks-sadolar

Trumpning zafar qozongani e'lon qilingandan keyin dunyo liderlari tabrik etishga boshladi.

607242
Donald Trumpning zafaridan keyin duyodagi aks-sadolar

Donald Trump Amerika Prezidenti bo'ldi.

Jumhuriyatchi nomzod Trump, Florida, Ohio, Shimoliy Carolina, Lowa va Pensilvaniya kabi shatatlarda delegat sonini 289 ga ko'tardi.

California va Nevada shatatlarida zafar qozongan Hillary Clintonning esa delegat soni esa 218 da qoldi.

Chunki saylov kengashining 538 delegatidan 270 bo'lishi, Prezident bo'lish uchun yetarli.

Jumhuriyatchilar, Senat va vakillar palatasida ham ustun vaziyatda.

Hozirgacha sanalga ovozlarga ko'ra, Jumhuriyatchilar 205, Demokratlar esa 138 nafar deputatni vakillar majlisiga yuborish haqini qo'lga kiritdi.

Senatda esa Juımhuriyatchilarning 52, Demokratlarning ham 48 a'zosi bo'lishi kutilmoqda.

Trump g'olib bo'lgandan keyin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Aqsh Prezidenti saylangan Doland Trumpga tabrik xati yubordi.

Kremlning rasmiy internet saytida joy olgan tabrik xatida Putin, Rossiya-Aqsh aloqalarini qayta tiklash, xalqaro masalalarga yechim izlash va kurraviy xavfsizlik tahdidiga bir yechim topish mavzusida birga faoliyat olib borilishidan umidvor ekanini bildirdi.

Rossiya Prezidenti, Putin Trumpga omad tiladi. 

Rossiya Investitsiya Fondi Rahbari Kiril Dmitriy esa Trumpning Prezident bo'lishi geopolitik taranglikni kamaytirishini ifoda etdi.

Germaniya mudofa vaziri Von Der Leyen; "Aqsh saylovlari shok etdi, Trump, tarafdorlari o'zi uchun emas, mavjud sistemaga qarshi ovoz berganini biladi" dedi.

Fransiyada o'ta milliyatchi Milliy Japha Partiyali lideri Marine Le Pen esa Trumpni birinchi tabrik etganlardan.

Fransiyaning Aqsh favqulodda va muxtor elchisi Adaud esa "Bu saylovdan keyin hamma narsani kutish mumkin. Ko'zlarimiz oldida bir dunyo yiqilmoqda" dedi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi rahbari Doland Tusk va Yevropa Ittifoqi rahbari Jean-Claude Jucher, Trumpni tabrik etib, Aqsh-Yevropa Ittifoqining tez orada sammit o'tkazishini istadi.

 



Aloqador xabarlar