AQShning 45-Prezidenti Donald Trumpning o'tmishiga qisqacha nazar tashlaylik

AQShning yangi Prezidenti, bir vaqtlarning Gollivud yulduzi, milliarder Donald Trump bu lavozim uchun aslida uzoq yillardan beri kuch sinashib kelayotgan edi.

607375
AQShning 45-Prezidenti Donald Trumpning o'tmishiga qisqacha nazar tashlaylik

Amerika Qo’shma Shtatlarining Prezidentlik saylovida bu gal g’alaba qozongan milliarder Donald Trump 1946-yilning 14-iyunida Nyu-Yorkning Queens tumanida tavallud topgan.

U aslida nemis millatiga mansub bo’lib amerikalik biznesmen Frederick Trumpning nabirasi, biznesmen Fred Trumpning esa 5 farzandidan biridir.     

Donald Trump 1960-yillarning boshida to’liq o’rta maktabni to’palonchiligi yuzasidan tark etishga majbur bo’lgan.

Ortidan Nyu-York harbiy akademiyasida tahsil oldi. 1964-yili esa o’z tahsilini Fordem universitetida davom ettirdi. So’ngra 1968-yildan keyin Pensilvaniyadagi Wharton biznes maktabiga o’tib, u yerdan iqtisodiyot bakalavr darajasini oldi. O’zining mexnat faoliyatini esa bir va ikki oilalik uylarning qurilishida mutaxassislashgan otasining firmasida boshladi.

2000-yili AQSh Prezidentligi uchun Islohot partiyasi nomidan nomzod bo’lgan Trupm, Amerikaning “Forbes” jurnali tomonidan “Dunyoning eng badavlat 400 kishilari” ro’yhatida o’rin oldi. Trump boyligining 3.6 milliard dollar atrofida ekanligi tahmin qilinmoqda.     

Donald Trump 2004-2015 yillari Amerikaning NBC telekanalida namoyish etilgan ‘The Apprentice’ realiti-shousi prodyuseri va boshlovchisi bo’ldi va Gollivudning yulduziga aylandi.

AQShda islomofobik fikri yuzasidan tanqid qilingan Trump, 2016-yili tinchlik bo’yicha Nobel mukofatiga nomzod etib ko’rsatildi lekin mukofatni qo’lga kiritolmadi.

Saylovdagi tashviqotlarida muhojirlar, musulmonlar, xavfsizlik va DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash haqidagi katta e’tirozlarga yo’l ochgan ko’z qarashlari oldingi planga chiqdi.

AQSh bilan Meksika o’rtasida “juda katta devor qurish” taklifi, muhojirlarga qarshi ilgari surgan rejalaridan biri edi.

Trupm 3 marotaba uylandi va 3 bolaning otasi.

AQShning 45-Prezidenti etib saylangan Trump, 2017-yilning 20-yanvari kuni bo’lib o’tadigan marosimda amaldagi AQSh Prezidenti Barack Obamadan o’z vazifasini qabul qilib oladi.

 

 



Aloqador xabarlar