Iroqning Mosul viloyatida 100dan ortiq terrorist o’ldirildi

Iroq Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, harbiy razvedka asosida Mosul viloyatidagi DAIShga tegishli 5 ta obyekt F-16 jangovar samolyotlari tomonidan portlatilgan.

601888
Iroqning Mosul viloyatida 100dan ortiq terrorist o’ldirildi

Iroqning Mosul viloyatini terror tashkiloti DAIShdan tozalash maqsadida olib borilgan operatsiyada 100 dan ortiq terrorist o’ldirildi.

Iroq Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, harbiy razvedka asosida Mosul viloyatidagi DAIShga tegishli 5 ta obyekt F-16 jangovar samolyotlari tomonidan portlatilgan.

Bu doirada viloyatdagi Oberoi mehmonxonasiga sodir qilingan havo hujumida 67 ta terrorist o’ldirilgan.

O’rmonzor bilan qoplangan hududga sodir qilingan hujumda esa, 29 ta terrorist o’ldirilgan, 25 ta terrorist yaralangan.

Bundan tashqari, qurol va o’q-dori ombori bilan harbiy gornizon nishonga olingan hujumda 20 ta terrorist o’ldirilgan, 15 ta terrorist yaralangan.

Iroq qo’shinida xizmat o’tagan ofitser Jebbar Hasanning aytishicha, DAISh terror tashkiloti Mosuldagi harbiy zonalarga kirib borish uchun insonlardan qalqon sifatida foydalanmoqda, ular shu maqsad bilan yuzlab aholini garovga olgan.

“DAISh terroristlari o’q-dori omborlarini tashlab Mosul markaziga chekindi, lekin DAISh tinch aholidan jonli qalqon sifatida foydalanishni davom ettiradiganga o’xshaydi. Bu vaziyat jangovar harakatimizga salbiy ta’sir ko’rsatadi”,-deydi ofitser Jebbar Hasan.

Iroq Bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy kecha poytaxt Bog’dodda matbuot anjumani o’tkazdi.

Uning ta’kidlashicha, terror tashkiloti DAISh Mosulda insonlardan qalqon sifatida foydalangani sababli, operatsiya jarayonida juda ehtiyotkor bo’lish va iloji boricha insonlarga zarar bermaslikka harakat qilish kerak.

Shiya jangarilardan iborat Hashdi Shabi guruhining qo’mondoni Abu Mehdi Al-Muhendis Mosulning g’arbiy jabhasida notekis yerlar uchraganini va DAISh terroristlari ushbu notekis hududlarda jang qilganini ma’lum qildi.

Uning fikricha, Telaferni butunlay terroristlardan qutqarish uchun Mosul bilan Telafer o’rtasidagi g’arbiy yo’nalishni to’sib tashlash zarur.

Eslatma: Shu yilning 17 oktyabr kuni Iroqning Mosul viloyatini terroristlardan tozalash uchun Iroq qo’shini, peshmarga kuchlari va Ninova mujohidlari jangovar operatsiya boshlagan edi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Mosul , #operatsiya , #DAISh , #terrorist , #hujum , #Hashdi Shabi

Aloqador xabarlar