Qatarning sobiq amiri Halifa Bin Hamad Al Sani 84 yoshda vafot etdi

Halifa Bin Hamad Al Sanining vafoti munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.

595816
Qatarning sobiq amiri Halifa Bin Hamad Al Sani 84 yoshda vafot etdi

Qatarning sobiq amiri, hozirgi Amir Shayx Temimning bobosi Halifa Bin Hamad Al Sani 84 yoshda olamdan o’tdi.

Halifa Bin Hamad Al Sanining vafoti munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.

1932 yili tug’ilgan Halifa Bin Hamad Al Sani 1960 yili valiahd shaxzoda deb e’lon qilingan edi.

Qatar mustaqil bo’lgandan 5 oy o’tgach, 1972 yilning fevral oyida akasidan taxtni qabul qilib oldi.

Halifa Bin Hamad Al Sani davrida mamlakatda ko’plab davlat islohot dasturi amalga oshirildi, xorijlik energiya shirkatlari bilan tuzilgan shartnoma va bitimlar mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qo’shdi.

Halifa Bin Hamad Al Sani 1995 yili Shveysariyaning Jeneva shahrida ekan, o’g’li Hamad Bin Halifa tomonidan to’ntarildi.

9 yil xorijda yashagan Halifa Bin Hamad Al Sani o’g’li bilan yarashib, 2004 yili vataniga qaytgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar