AQSh kotibi John Kerri Jenevadagi yig’ilishdan umidvor emas...

“Suriyadagi tinchliksevar muxoliflar bilan terror tashkilotlarini bir-biridan qanday qilib ajratish masalasini ko’rib chiqish maqsadida o’tkaziladigan yig’ilishdan umidvor emasman”,-deydi John Kerri.

593306
AQSh kotibi John Kerri Jenevadagi yig’ilishdan umidvor emas...

AQSh kotibi John Kerri Suriya masalasi bo’yicha Shveysariyaning Jeneva shahrida bo’lib o’tadigan yig’ilishdan umidvor emasligini ma’lum qildi.

“Suriyadagi tinchliksevar muxoliflar bilan terror tashkilotlarini bir-biridan qanday qilib ajratish masalasini ko’rib chiqish maqsadida o’tkaziladigan yig’ilishdan umidvor emasman”,-deydi John Kerri.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Yun Byung-se bilan Vashingtonda matbuot anjumani o’tkazgan John Kerri Suriyada hukm surgan ichki urushga doir mulohaza bildirdi.

Rossiyani Suriyadagi urushni to’xtatish uchun jiddiy chora ko’rishga chaqirgan Kerri: “Bu masalaga katta o’zgarishlardan umidvor bo’lib yondashmayabman. Suriya masalasida hech narsaga ishonib bo’lmaydi”,-dedi.

Darvoqe, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shveysariyaning Jeneva shahrida ba’zi davlatlarning harbiy vakillari ishtirokida yig’ilish o’tkazilishini ma’lum qilgan edi.

Uning aytishicha, mazkur yig’ilish Halapdagi muxolif kuchlarni terror guruhlaridan ajrata olish maqsadida o’tkaziladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar