Yunonistonda hukumatning qattiq tejamkorlik choralari qoralanmoqda

Poytaxt Afinadagi majlis binosi oldida to’plangan taxminan 7000 namoyishchi hukumatning mehnat qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish rejasini qoraladi.

591853
Yunonistonda hukumatning qattiq tejamkorlik choralari qoralanmoqda

Moliyaviy inqiroz panjasida bo’lgan Yunonistonda hukumatning qattiq tejamkorlik choralari qoralanmoqda.

Poytaxt Afinadagi majlis binosi oldida to’plangan taxminan 7000 namoyishchi hukumatning mehnat qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish rejasini qoraladi.

Tashabbuskor ishchi jabhasining chaqiruvi bilan to’plangan namoyishchilar pensioner va ichilarning oylik ish haqlaridan ushlab qolish rejasiga e’tiroz bildirar ekan, eng kam ish haqining oshirilishiga doir talablarini ham tilga oldilar.

Yunonistonda hukumat bilan xalqaro kreditorlarning vakillari bu hafta to’planib, mehnat qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish maqsadida muzokara o’tkazmoqchi.

Kreditorlar ommaviy mehnat shartnomalarining tuzilishini o’zgartirish va ishdan chiqarish shartlarini qulaylashtirishni talab qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar