Kolumbiya Davlat rahbari, “2016 Nobel tinchlik mukofati”ga sazovor deb topildi
Kolumbiya Davlat rahbari Juan Manuel Santos Nobel mukofatiga, o’ta so’l qanot FARK guruhi bilan uzoq yillik urushni to’xtatgani uchun sazovor deb topildi.
Bu yilgi Tinchlik bo’yicha Nobel mukofatiga Kolumbiya Davlat rahbari Juan Manuel Santos sazovor deb topildi.
Norvegiya Nobel qo’mitasi Tinchlik mukofatini, o’z yurtida 50 yildan ortiq davom etgan va kamida 220 ming kishining umriga zomin bo’lgan shuningdek, 6 million kishining uy-joyidan ajrashiga sabab bo’lgan ichki urushni to’xtatish uchun qarorli ravishda mehnat qilganligini qayd etgan Kolumbiya Davlat rahbari Santosga berdi.
Nobel qo’mitasi ma’lum qilishicha ushbu mukofat ayni vaqtda, Kolumbiya Davlat rahbari bilan birgalikda barcha qiyinchiliklarga qaramay tinchlik umididan voz kechmagan Kolumbiya xalqiga, ichki urushning ko’plab qurbonining yaqinlariga va tinchlik jarayoniga o’z hissasini qo’shgan barchaga bag’ishlangan.
Tinchlik bo’yicha Nobel mukofatiga sazovor deb topilgan Santos, 8 million kronalik (qariyb 3 million lira) mukofatini ham oladi.
Aloqador xabarlar
Milliarderning boyligi o'n yil ichida 121% ga oshdi
Dunyo milliarderlarining boyligi so‘nggi 10 yilda 121 foizga oshib, jami 14 trillion dollarga yetdi.