Isroil, yangi yildan beri 1000 nafar falastinlik bolani nazorat ostiga oldi

Bu haqida Falastindagi asirlar hay'ati yozma ravishda izoh berdi. Ushbu izohda, Isroil qamoqxonasidagi falastinlik kasal bolaning ham maktubiga o'rin berilgan.

576673
Isroil, yangi yildan beri 1000 nafar falastinlik bolani nazorat ostiga oldi

Falastindagi asirlar hay’ati tomonidan yozma ravishda berilgan izohga ko’ra nazorat ostiga olingan bolalar 11-18 yoshlar orasida va bolalarni nazorat ostiga olish amaliyoti o’tgan yilga nisbatan 80 foizga ortgan.

Nazorat ostiga olingan bolalarning bir bo’lagi qamoqda, ba’zilarining esa pul jazosiga mahkum qilinganligi ma’lum qilindi.

Undan tashqari nomi tilga olingan bolalarning ba’zilarining esa ma’lum vaqt ortidan kafolat sharti bilan qo’yib yuborilganligi, Quddusda yashagan 70 bolaning esa uy qamog’iga tortilganligi ta’kidlandi.

Eng yomoni shundaki izohda aytilishicha, Isroil qamoqxonasidagi falastinlik bolalarning 800 nafari kasallikka chalingan va ulardan 120 nafari og’ir ahvolda.

Shuningdek izohda, Isroil qamoqxonasidagi falastinlik kasal bolalardan biri Mansur Mukadenning maktubiga o’rin berilgan.

Mansur Mukadden ushbu maktubda:

“Kasallikka chalingan asirlarning badanlari, ishg’olchilarga oid qamoqxonalarda kun o’tgan sayin erib bormoqda. Asirlar, tibbiy jihatdan hech qanday tekshiruvdan otolmayapdi. Bu voqeani ko’rmaslikka olgan va asirlarni qutqarish uchun hech nima qilmay jimgina o’tirgan xalqaro jamiyat ham bu o’limlar jinoyatiga sherikdir” deyilgan.



Aloqador xabarlar