Eronda ayollarning velosiped haydashi ta’qiqlandi

Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Hamaney mamlakatda jamoat joylarida ayollarning velosiped haydashini ta’qiqlash maqsadida fatvo berdi.

575281
Eronda ayollarning velosiped haydashi ta’qiqlandi

Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Hamaney mamlakatda jamoat joylarida ayollarning velosiped haydashini ta’qiqlash maqsadida fatvo berdi.

Bunga xalq orasida e’tirozlar tobora kuchayib bormoqda.

Eronlik ayollar facebook, twitter va instagram kabi ijtimoiy media tarmoqlari orqali Hamaneyning fatvosini qoralamoqda.

Internet tarmoqlarida tarqatilgan fotosurat va video tasvirlarda eronlik ayollarning aytishicha, velosiped haydash ayollarning iffatiga putur yetkazmaydi.

Butun mamlakat bo’ylab ayollar internet tarmoqlari orqali Hamaneyning fatvosini qoralash kompaniyasiga hissa qo’shishga chaqirilmoqda.

19 sentyabr kuni e’lon qilingan fatvoda: “Ayollarning jamoat joylarida va nomahram erkaklar gavjum bo’lgan joylarda velosiped haydashi haromdir”-degan ifodalar o’rin olgan.

Eronning eng yuqori martabali shaxsi deb qabul qilingan liderning fatvolari qonun kuchiga ega.

 

 

fatvo,



Aloqador xabarlar