Bu yil 2 milliondan ortiq musulmon, Haj ibodatini ado etdi
Bu yil muqaddas tuproqlarda 2 milliondan ortiq musulmon, Haj ibodatini ado etdi
569662
Muqaddas tuproqlarga borgan musulmonlar, Arafat va Muzdalifadagi asosiy duolari ortidan Minaga, u yerdan esa Jamarot maydonidagi ramziy katta shaytonga 7 ta tosh otdilar.
Shanba kundan boshlab yo’lga chiqqan musulmonlar, shaytonga tosh otishi ortidan Kabaga yetib keldi.
Hojilar Jamarotgacha jami 21 kilometrlik yo’lni bosib o’tar ekan u yerdagi ibodatlarini tamomlagach Masjid al-Haramga bordi.
Muqaddas tuproqlardagi musulmonlar egnidagi ehromlari bilan Kabani ziyorat qilib, haj bo’ldi.
Ibodatlarini ado etgan turk hojilar, “Bir so’z bilan aytganda ajoyib voqea edi. Iloyim hammaga nasib qilsin” deya duo qildi.
Hojilar hayitning ikkinchi, uchunchi va to’rtinchi kuni ham ibodatlarini davom ettiradi.