Ukrainaning poytaxti Kiyevdagi “Inter” telekanaliga o't ketgan

Telekanal binosi oldida to'plangan namoyishchilar g’ildirak balon yoqqan va bino devoriga “Inter-Moskvaning josusi” deb yozib ketgan edi.

565430
Ukrainaning poytaxti Kiyevdagi “Inter” telekanaliga o't ketgan

Ukrainaning poytaxti Kiyevda “Inter” telekanali oldida namoyish o’tkazilgach, telekanal binosiga o’t ketgan.

Chunki, namoyishchilar oqshom soatlarda telekanal binosi oldida to’planib, g’ildirak balon yoqqan va bino devoriga “Inter-Moskvaning josusi” deb yozib ketgan edi.

Namoyishdan so’ng, kanal binosida yong’in sodir bo’lgan.

O’t o’chiruvchilar telekanal xodimlarini tashqariga chiqarib, binodagi yong’inni o’chirishga muvaffaq bo’lgan.

Inter telekanali rahbarlari esa, binodagi mahalliy axborot sistemasi ofisiga qurolli hujum sodir qilinganini va binoga qastdan o’t qo’yilganini ilgari surdi.

Telekanal xodimlari ma’lum qilishicha, yong’indan so’ng kanal studiyalari harobaga aylangan.

Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov 31 avgust kuni Ukraina razvedkasini ogohlantirib, “Inter” telekanalining axborot siyosatini shakllantirgan Rossiya fuqarosi Igor Shuvalovning Ukrainadan deport qilinishini talab qilgan edi.

“Inter” telekanali 1996 yildan buyon Ukrainada faoliyat ko’rsatadi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar