Iroqda, beliga bomba bog’langan bolakay qo’lga tushirildi

Iroqning Kerkuk shahrida, beliga bomba nimchasi bog’langan bir bolakay qo’lga tushirildi.

556682
Iroqda, beliga bomba bog’langan bolakay qo’lga tushirildi

Iroqning Kerkuk shahrida, beliga bomba nimchasi bog’langan bir bolakay qo’lga tushirildi.

Bu haqida Kerkukdagi Politsiya bo’limi boshlig’i polkovnik Hattap O’mer ma’lumot berar ekan Hattap O’mer o’z ma’lumotida, Tisin tumanidagi “Resul A’zam” nomidagi jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirmoqchi bo’lgan bir bolakayning, belidagi bomba nimchasi bilan qo’lga tushirilganligini aytdi.

Bolakayning 15 yoshlarida ekanligini ifodalagan Hattap O’mer, belidagi bombaning esa ekspertlar tomonidan nazorat ostida yechib olinganligini belgilab o’tdi.  

Kerkukning 1-iyun mahallasida joylashgan va “Jafar as-Sodiq Husayniya” deb nomlangan jome’ masjidida kecha kechqurun uyushtirilgan hujum oqibatida 3 kishi tan jarohati olgan edi. Tan jarohati olganlardan 2 nafari politsiya xodimlaridan ekanligi aniqlandi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Kerkuk , #bomba nimchasi

Aloqador xabarlar