AQShning Lousiana shtati tabiiy ofat panjasida...

Lousiana shtati hokimi John Bel Edvards shtatda favqulodda holat e’lon qilgan.

553513
AQShning Lousiana shtati tabiiy ofat panjasida...

AQShning Lousiana shtatida kuchli yog’ingarchilik oqibatida sel falokati yuzaga keldi.

Selda 11 kishi hayotdan ko’z yumdi, o’n minglab aholi boshpanasiz qoldi.

Ma’lum bo’lishicha, sel oqibatida 20 ming aholi xavfsiz joylarga ko’chirilgan, 11 ming aholi boshpana qidirmoqda, minglab uyda jiddiy talofat yuzaga kelgan va transport vositalarini sel oqizib ketgan.

Daryolarning suvlari toshib ketishi oqibatida ba’zi, hududlarda suv sathi 60 sm gacha ko’tarilgan.

Lousiana shtati hokimi John Bel Edvards shtatda favqulodda holat e’lon qilgan.

Federal favqulodda holat boshqarmasidan yordam talab qilgan shtat hokimi tahlika hamon davom etganini ma’lum qilgan.

Insonlarni ogohlikka chaqirgan mutahassislar, ba’zi hududlarda suv sathi ko’tarilishi mumkinligini aytmoqda.

Shtatda 2005 yili ham Katrina falokati ro’y bergan edi.

Bu falokat sel kelishiga sabab bo’lgan edi va 1245 aholi nobud bo’lgan edi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Lousiana shtati , #sel , #tabiiy ofat

Aloqador xabarlar