Bolgariya muhojirlar borasida xalqaro huquqni buzmoqda...
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT), Bolgariyaga noqonuniy yo’llar bilan kirib borgan muhojirlarga qamoq jazosi berilishini tanqid qilib, bu vaziyat xalqaro huquqni buzmoqda deb ogohlantird
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT), Bolgariyaga noqonuniy yo’llar bilan kirib borgan muhojirlarga qamoq jazosi berilishini tanqid qilib, bu vaziyat xalqaro huquqni buzmoqda deb ogohlantirdi.
BMT inson haqlari oliy komissari Zeyd Radda al Huseyin, o’lkaga uyushtirgan ikki safar borasida mulohazalarini yozma bayonot bilan tarqatdi.
Huseyin,
“ Bolgariyadagi en muhim inson haqlari muammosi esa birinchi o’rinda bo’lib, o’lkaga noqonuniy yo’llar bilan kirib borgan muhojirlarni nazoratga olinishlari, hatto masalaning yomon tarafi sud qilib hibsga olinishlari .” deb ma’lum qildi.
Huseyin, Bolgariyadagi ba’zi nazorat markazlarining vaziyati inson sharafiga ham juda zid vaziyatda.
Bolgariya mediasi muhojirlarga qarshi nashr siyosatiga norozichilik bildirgan Huseyin, ba’zi muhim nuqtalarda vazifador bo’lgan rasmiy shaxslar, Bolgariya- Turkiya chegarasida ba’zi Bolgar qurolli guruhlarni muhojirga hujum qilishlari himoya qilinishi “bezovta qiluvchi” deb bildirdi.
Huseyin,
“ Yevropada Islomga qarshi, xorijiy dushmanligi va irqchilikning ortishi, inson haqlariga qarshi eng qayg’u beruvchi tahlikadir. Bolgariya hukumati, ushbu xavfli vaziyatga qarshi chora- tadbir olmasdan turib hatto ba’zilariga ko’ra sabrsizlikni jasoratlantirmoqda.” deb ifoda etdi.