Fransiyada Turk madaniyat markazi va uning qoshidagi masjidga qo'lbola bomba otilgan

Kimligi noma’lum shaxslar tomonidan masjidga va jamiyat binosiga yarim tunda otilgan qo’lbola bomba moddiy zararga sabab bo’lgan.

548552
Fransiyada Turk madaniyat markazi va uning qoshidagi masjidga qo'lbola bomba otilgan
fransa cami saldırı.jpg

Fransiyaning Montelimar shahrida Turkiya Din ishlari qo’mitasi vakolatxonasiga tegishli Turk madaniyat markazi va uning qoshidagi masjidga o’t qo’yishga harakat qilindi.

Kimligi noma’lum shaxslar tomonidan masjidga va jamiyat binosiga yarim tunda otilgan qo’lbola bomba moddiy zararga sabab bo’lgan.

Jinoiy ish yuzasidan tergov yuritilmoqda.

Bu hodisa oqibatida masjidning derazalari sinib ketgan va masjid atrofiga o’t ketgan.

O’sha hududga qizil bo’yoq bilan “PKK” deb yozilganini aniqlagan politsiya xodimlari binoning video sistema vositasida qo’riqlanganini va aybdor shaxslarni qo’lga tushirish uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilinganini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Fransiya , #masjid , #tergov , #qo'lbola bomba

Aloqador xabarlar