Pokistonning Quetta shahridagi shifoxonada kuchli portlash sodir bo’ldi

Portlash oqibatida 70dan ortiq inson halok bo’ldi, 112 kishi tan jarohati oldi.

548162
Pokistonning Quetta shahridagi shifoxonada kuchli portlash sodir bo’ldi

Pokistonning Quetta shahridagi shifoxonada kuchli portlash sodir bo’ldi.

Portlash oqibatida 70dan ortiq inson halok bo’ldi, 112 kishi tan jarohati oldi.

Ushbu baxtsiz hodisa qurolli hujumga uchragan bir advokatning shifoxonaga olib kelinishi ortidan to’satdan sodir bo’lgan.

Voqea joyida yaralanganlarning aksariyati yarador advokatni ko’rgani kelgan hamkasblari va jurnalistlardan iborat.

Politsiya xodimlari ma’lum qilishicha, baxtsiz hodisa bir terroristning o’zini to’satdan portlatib yuborishi oqibatida yuzaga kelgan.

Ma’lum bo’lishicha, DAISh terror tashkiloti portlashni sodir qilganini tan olgan.

Pokiston Bosh vaziri Navaz Sherif hodisani qoralash maqsadida yozma bayonot berdi.

Navaz Sherif portlashda begunoh insonlar nobud bo’lganidan chuqur iztirobda ekanini tilga oldi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #portlash , #shifoxona , #advokat , #DAISh

Aloqador xabarlar