Fransuz neft shirkati Total, Jazoirga qarshi Jenevadagi xalqaro mahkamada da’vo ochdi.

Fransuz neft shirkati Total, Jazoirga qarshi Jenevadagi xalqaro arbitraj sud mahkamasida  da’vo ochdi.

526898
Fransuz neft shirkati Total, Jazoirga qarshi Jenevadagi xalqaro  mahkamada da’vo ochdi.

Fransuz neft shirkati Total, Jazoirga qarshi Jenevadagi xalqaro arbitraj sud mahkamasida  da’vo ochdi.

Total boshqaruvidan qilingan izohda, Jazoirdagi neft va gaz qazib chiqarish faoliyatlardan qo’lga kiritilgan foydani bahamlashish mavzusida sodir bo’lgan kelishmovchilik yuzidan,  Xalqaro arbitraj  mahkamasiga murojaat qilganlarini  bildirdi.

Qilingan  izohda, Total  Jazoirdagi sarmoyasiga sherik bo’lgan Ispaniya Repsol guruhi ham da’vo jarayoniga taraf ekanini qayd etdi.

Fransuz matbuoti, ikki shirkat Jazoirdan 3,6 milliard yevro kompensatsiya talab qilganini bildirdi.

Total o’tgan  yil, dunyodagi barcha kiritilgan sarmoyalar  natijasida  165 milliard yevro aylanma sarmoya hosil qilgan va bundan 5 million yevro foyda ta’min etgan edi.

 



Aloqador xabarlar