Amerikaning Koliforniya shtatida o'rmon yong'inlari aholi hayotiga tahdid solmoqda

2500 gektar maydonga tarqalgan yong’inda hozirgacha 13 uy harobaga aylandi, alanga o’rtasida qolgan mingga yaqin binoni bo’shatishga buyruq berildi.

516714
Amerikaning Koliforniya shtatida o'rmon yong'inlari aholi hayotiga tahdid solmoqda

Amerikaning Koliforniya shtatida qurg’oqchilik hukm surmoqda.

Havo haroratining to’satdan ko’tarilishi oqibatida shtatda ketma-ket sodir bo’lgan o'rmon yong’inlari aholi hayotiga tahdid solmoqda.

Duarte va Azusa shaharlariga yaqin joylashgan San Gabriel tog’laridan boshlanib, tezda atrofga tarqalgan yong’inlar taxminan 2 ming gektarlik maydonni o’rab oldi.

Los Anjelos milliy o’rmonidagi yong’inni o’chirish uchun mingdan ziyod o’t o’chiruvchi tankerlar va vertolyotlar bilan safarbar bo’ldi.

Falokat sababli atrofdagi 858 ta uy xavfsiz joyga ko’chirildi.

San Diegoning janubi sharqida Meksika chegarasiga yaqin Potrero hududidagi yong’in sababli taxminan yuz aholi boshqa joyga ko’chirildi.

Uch kundan beri davom etgan va 2500 gektar maydonga tarqalgan yong’inda hozirgacha 13 uy harobaga aylandi, alanga o’rtasida qolgan mingga yaqin binoni bo’shatishga buyruq berildi.

Tegishli vakillarning aytishicha, San Diegoda davom etgan o’rmon yong’inlarining faqatgina 15%igina o’chirildi xalos.

 


 



Aloqador xabarlar