Fransiyaning “Lafarge” shirkati DAISh terror tashkiloti bilan til biriktirgan

Le Monde gazetasining yozishicha, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Lafarge” shirkati 2013-2014 yillarda Suriyada terror tashkiloti DAIShga soliq to’lagan.

515783
Fransiyaning “Lafarge” shirkati DAISh terror tashkiloti bilan til biriktirgan

Fransiya shirkati DAISh terror tashkilotiga soliq to’ladi.

Le Monde gazetasining yozishicha, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Lafarge” shirkati 2013-2014 yillarda Suriyada terror tashkiloti DAIShga soliq to’lagan.

Bu haqda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, mazkur shirkat 2010 yili Suriya bozori uchun stement ishlab chiqara boshlagan.

Mamlakatning shimoli g’arbida DAISh nazorati ostida bo’lgan territoriyalarda joylashgan stement zavodida ishlatilgan texnikalarning va ishchilarning xavfsizligi uchun terror tashkiloti bilan til biriktirgani ilgari surildi.

Shirkat bilan DAISh terror tashkiloti o’rtasida tuzilgan shartnoma 2014 yilning 19 sentyabr kungacha davom etgan.

Shartnoma muddati tugagach, Lafarge shirkati Suriyadagi faoliyatini yakunlagan.



Aloqador xabarlar