Isroilning Mecdo qamoqxonasida falastinlik mahbuslar ochlik e’lon qildi

Buning sababi, taxminan 15 yil jazo muddatini o’tagan Bilal Kayed ismli mahbus jazo muddati tugashiga qaramay, takror ma’muriy javobgarlikka tortilib, yana 6 oy qamoq jazosiga mahkum qilinganidir.

514397
Isroilning Mecdo qamoqxonasida falastinlik mahbuslar ochlik e’lon qildi

Isroilning Mecdo qamoqxonasida falastinlik mahbuslar ochlik e’lon qildi.

Buning sababi, taxminan 15 yil jazo muddatini o’tagan Bilal Kayed ismli mahbus jazo muddati tugashiga qaramay, takror ma’muriy javobgarlikka tortilib, yana 6 oy qamoq jazosiga mahkum qilinganidir.

Bilal Kayed bu haqsizlikdan so’ng, qamoqxonada ochlik e’lon qildi.

Falastin Asirlar jamiyati ma’lum qilishicha, qamoqxonadagi 60 mahbus haqsizlikka uchragan Bilal Kayedni qo’llab quvvatlash maqsadida ochlik e’lon qilgan.

Ertaga Celbi qamoqxonasida ham 5 mahbusning xuddi shu sabablar tufayli ochlik e’lon qilishi ma’lum qilindi.

Keyinchalik ochlik e’lon qilgan mahbuslar soni ortishi taxmin qilinmoqda.

Isroil tomonidan “ma’muriy qamoq jazosi” deb atalgan tartibotga ko’ra, xavfsizlikka tayangan holda, falastinlik mahbuslar jazo muddati tugashiga qaramasdan yana 1 yil yoki 6 oylik qamoq jazosini o’tashi mumkin.

Mahbusning Isroil xavfsizligi uchun tahlika yaratgani qarorlashtirilsa, harbiy sud mahbusning jazo muddatini yana 5 yilgacha uzaytirishi mumkin.



Aloqador xabarlar