Suriyada rejim kuchlari yana bomba yog'dirdi

Suriyada rejim kuchlari bomba yog'dirdi, natijada 15 kishi halok bo'ldi.

513450
Suriyada rejim kuchlari yana  bomba yog'dirdi
rusya suriye abd.jpg

Suriya qo'shiniga oid samolyotlar Halabda boshqaruvga qarshi bo'lganlar nazoratidagi mahallalarga uyushtirgan bombali hujumda bolalar va ayollar ham bo'lgan 15 kishi hayotdan ko'z yumdi. O'nlab tinch aholi esa yaralandi.

Halabdagi noharbiy mudofaa vakillaridan Ibrahim Ebu Leys, rejimga oid vertalyotlarning Hapabda muxoliflar nazoratidagi Katirji bilan Tarik el-Bab tumanlariga bombali hujum qilganini bildirdi.

Shuningdek, AQSh Mudofaa Vazirligi, Rus harbiy samolyotlarining Suriyaning janubidagi el-Tanfaga yaqin joyda oralarida AQSHni dastaklagan muxoliflar bo'lgan DEASHga qarshi kuchlarni nishonga olgan.

Vakillar, "Rossiyaning so'ngi davrdagi faoliyatlari qayg'u tug'dirmoqda. Rossiyadan bu hujumni nima maqsad bilan uyushtirgani va buning takrorlanmasligi borasida va'da berishini istaymiz" deb so'zladi.

 



Aloqador xabarlar