O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istondagi motam munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O'tgan xaftada Toshkent shahridagi Qozog`iston Respublikasi Elchixonasida ochilgan Hamdardlik kitobiga Aqto`be shahridagi terroristik xuruj qurbonlari munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritilib, Qozog`iston xa

512358
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istondagi motam munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istondagi motam munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O'tgan xaftada Toshkent shahridagi Qozog`iston Respublikasi Elchixonasida ochilgan Hamdardlik kitobiga Aqto`be shahridagi terroristik xuruj qurbonlari munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritilib, Qozog`iston xalqi va raxbariyatiga hamdardlik bildirildi.

Bu xaqida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu Hamdardlik kitobi Aqto`be shahridagi terroristik xuruj qurbonlariga bag`ishlab mamlakatda milliy motam kuni e`lon qilinganligi munosabati bilan ochilgan edi.

Malumki, 5 iyun kuni qurolli gurux a`zolari Qozog`istonning Aqto`be shahridagi ikkita qurol - aslaha do`koniga va harbiy qismga hujum qilib, 7 kishini o`ldirishdi. Otishmalar vaqtida jami 37 kishi turli darajada jarohat oldi.

Jangarilarning 13 nafari aksilterror amaliyotlar natijasida yo`q qilindi, yana 9 kishi qo`lga olindi.

Qozog`istonda Aqto`bedagi terakt qurbonlari xotirasiga 9 iyun milliy motam kuni e'lon qilindi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Qozog'iston , #Matom

Aloqador xabarlar