Suriyadagi ichki urush Ramazon oyida ham to'xtamadi

Suriyada, Ramazon oyining boshidan beri muxolifat guruhdan 271 kishining jon berganligi ma'lum bo'ldi.

511508
Suriyadagi ichki urush Ramazon oyida ham to'xtamadi

Suriyadagi ichki urush Ramazon oyida ham to’xtamay davom etmoqda.  Bu borada Rossiya va Suriya qo’shiniga oid urush uchoqlari bilan vertolyotlar Ramazon oyining ilk kunidan e’tiboran muxolifatning nazorati ostidagi mintaqalarga qarshi bomba yog’dirib, hujum uyushtirmoqda. Oqibatida, Ramazon oyi boshidan beri mintaqada 271 kishi jon berdi. Jon bergan 271 kishining 17 nafari bolalardan, 14 nafari esa ayollardan iboratdir.  

Kasalxonalar, bozorlar va tinch aholining himoya markazlari nishonga olingan vaziyatda.

Undan tashqari Suriya turkmanlari yashaydigan Lazkiya shahri, Bayirbujak aholi punktida ham turkmanlar bilan Bashar al-Asad kuchlari o’rtasidagi to’qnashuv davom etmoqda. Bugun ana shu to’qnashuv oqibatida 25 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 7 kishi ham tan jarohati oldi.

Turkiya chegarasiga olib kelingan 7 nafar yarador esa davolash uchun, Turkiyaning Hatay viloyatidagi kasalxonaga yotqizildi.  

Chegaraga yaqin mintaqaga qarshi o’z hujumlarini orttirgan rejim kuchlari, muxolifat nazorati ostidagi Isapinar qishlog’ini qo’lga kiritdi.

Turkman qishloqlaridan Karaman, Yamadiy, Chumeren, Kelez va Sallurda esa to’qnashuvlar avj olgan vaziyatda.

Mintaqadan ko’tarilgan tumanlarni esa, Turkiya chegarasidan ko’rish mumkin.



Aloqador xabarlar