Fransiya Rossiyaga tadbiq etgan sanksiyalarni yengillashtirmoqda

Fransiya senati Ukraina tangligi tufayli Rossiyaga tadbiq etilgan sanksiyalarni yengillatish to’g’risidagi taklifni qabul qildi.

507181
Fransiya Rossiyaga tadbiq etgan sanksiyalarni yengillashtirmoqda

Fransiya Rossiyaga tadbiq etgan sanksiyalarni yengillashtirmoqda.

Fransiya senati Ukraina tangligi tufayli Rossiyaga tadbiq etilgan sanksiyalarni yengillatish to’g’risidagi taklifni qabul qildi.

Bu taklif umumiy kengashda ovozga qo’yildi va 301 vakil qabul qilish uchun ovoz berdi, 16 vakil qarshi ovoz berdi.

Taklifni qo’llab quvvatlagan senatorlardan Pozzo di Bordo umumiy kengashda so’zga chiqib: “Yevropa Ittifoqi tomonidan tadbiq etilgan sanksiyalar ijobiy natija bermadi. Aksincha, sanksiyalar Fransiya iqtisodiyotiga zarar berdi. Shu sababli, senatning bu qarorini ijobiy deb baholayman”,-dedi.

Qarorga qarshi ovoz bergan senator Herve Maurey esa, ovozga qo’yilgan taklif matni Ukraina xalqini tushkunlikka tushirishi sababli sharmandalik deb baholadi.

Hukumat nomidan so’zga chiqqan Yevropa Ittifoqi vaziri Harlem Desir: “Minsk shartnomasiga hurmat ko’rsatilsa, sanksiyalar bekor qilinadi. Shu sababli biz qoidalarimizni o’zgartira olmaymiz”,-deya qarshi chiqdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Yevropa , #Fransiya , #qaror , #sanksiya , #senat

Aloqador xabarlar