Gollandiyada ekstremist guruhlar bilan aloqada bo'lgan shaxslar fuqarolikdan man qilinadi
Gollandiya Xavfsizlik va adolat vazirligining ekstremistik faoliyatlarga qarshi kurash doirasida tayyorlagan qonun taklifi partiyalarning qo’llab quvvatlovi bilan bir ovozdan qabul qilindi.

Gollandiyada DAISh kabi terror tashkilotlari va ekstremist guruhlar bilan yaqin aloqada bo’lgan juft fuqarolikka ega shaxslar Gollandiya fuqaroligidan chiqariladi.
Gollandiya Xavfsizlik va adolat vazirligining ekstremistik faoliyatlarga qarshi kurash doirasida tayyorlagan qonun taklifi partiyalarning qo’llab quvvatlovi bilan bir ovozdan qabul qilindi.
Qonunga ko’ra, Yaqin sharq davlatlarida faol bo’lgan DAISh va bunga o’xshash terror tashkilotlari safiga qo’shilgan juft fuqarolikka ega shaxslar Gollandiya fuqaroligidan chiqariladi.
Xalqaro shartnomalar butun dunyoda insonlarning bevatan bo’lib qolishiga yo’l qo’ymaydi.
Shu sababli, mazkur qonun faqatgina juft fuqarolikka ega bo’lgan shaxslarga taalluqlidir.
Tegishli vazirliklarning tasdig’i bilan fuqarolikdan chiqariladigan shaxslar ayni paytda, qora ro’yxatga olinib, Schengen hududiga kirgizilmaydi.
Xavfsizlik va adolat vazirligi ma’lum qilishicha, terror tashkiloti safida jang qilish maqsadida Yaqin sharqqa qochib o’tgan Gollandiya fuqarolarining soni 230 atrofida.
Bulardan 42 nafari mintaqadagi to’qnashuvlarda halok bo’lar ekan, 40 nafari vataniga qaytishga muvaffaq bo’lgan.
Aloqador xabarlar

Suriyadagi yer silkinishida qurbonlar soni 810 kishi dev qayd etildi
Yer silkinishi oqibatida Suriyaning turli mintaqalarida kamida 810 kishi hayotdan ko‘z yumdi.