Yamanda yana terakt yuz berdi

Xudkush bu gal, harbiy xizmat uchun murojaat qilish maqsadida navbatda turganlarni nishonga olgan.

496027
Yamanda yana terakt yuz berdi

Yamanning Aden shahrida uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida ilk aniqlashlarga ko’ra 20 kishi jon berdi.

Shahardagi harbiy bo’lim oldida, harbiy xizmat uchun murojaat qilish maqsadida navbatda turganlarni nishonga olgan ushbu hujum, xudkushning, belidagi bombalarni portlatishi oqibatida yuz berdi.

Jon berganlar ro’yhatida, mintaqaga judayam yaqin nuqtada istiqomat qilgan Badr nomidagi harbiy baza qo'mondoni Abdallah Soubeihi nomi ham kiritilgan.

Hujum oqibatida jon berganlardan tashqari ko’plab tan jarohati olganlar ham bor.

Voqea haqidagi ilk bayonotda, hujum chog’ida, bomba yuklangan mashinadan foydalanilgani aytilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #xudkushlik , #harbiy xizmat

Aloqador xabarlar