Qozog'iston vizasiz sayohatga ruxsat beradi

Qozog'iston OECD davlatlari bilan vizasiz sayohat qilish rejalari tuzmoqda.

493413
Qozog'iston vizasiz sayohatga ruxsat beradi

Qozog'iston Tashqi Ishlar Vaziri Erlan Idrisov, 2017 yildan e'tiboran Iqtisodiy Taraqiyot va Hamkorlik Tashkiloti (OECD) o'lkalariga vizasiz sayohat qilish imkoni berishni rejalaganliklarini ma'lum qildi.

Idrisov, Qozog'istonda faoliyat olib borgan Yevropa Tadbikorlar Ittifoqi tomonidan bergan ish ziyofatida so'zlagan nutqida, o'lkada iqtisodiyotini rivojlantirish uchun sarmoya muhitini tiklash, sarmoyadorlarni jalb qilish, tijorat kuchini orttirish va yangi bozorlarga kirish kabi mavzularga og'irlik berganliklarini bildirdi.

"Ostonada xalqaro finans markazining vujudga kelgani tufayli 2017-yil 1-Yanvar kunidan e'tiboran OECD davlatlari bilan bir qatorda Malayziya, Monako, Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur bilan vizasiz sayhat boshlatishni mo'ljallayapmiz" deb ifoda etdi.

Qozog'iston hukumati, o'tgan yil Iyun oyi bergan bir qaror bilan Avstriya, Malayziya, Yaponiya va AQSh ham bo'lim jabi 19 o'lkaga 15 kun bo'yicha vizasiz sayohat imkoni bergan edi.

 



Aloqador xabarlar