Afg’onistonning Nangarhar viloyatida kuchli portlash sodir bo'ldi

Bomba ortilgan transport vositasida sodir bo’lgan portlash 10 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

488604
Afg’onistonning Nangarhar viloyatida kuchli portlash sodir bo'ldi

Afg’onistonning Nangarhar viloyati Nazyan tumanida mahalliy politsiya xodimining uyi oldida kuchli portlash sodir bo’ldi.

 Bomba ortilgan transport vositasida sodir bo’lgan portlash 10 kishining hayotiga zomin bo’ldi, bulardan ikki nafari yosh bola ekani aytilmoqda. Voqea joyida 23 kishi jarohatlandi.

Portlashning kim tomonidan sodir qilingani hali noma’lum.

Shuningdek, mamlakat shimolida Tolibonga qarshi operatsiya davom etmoqda.

NATO kuchlariga tegishli uchuvchisiz havo vositalari yordamida o’tkazilgan operatsiyada Qunduz viloyatida 12 nafar Tolibon jangarisi o’ldirilgan.

O’ldirilgan terroristlar orasida Tolibonning hududdan mas’ul qo’mondoni Mesafirning ham borligi aytilmoqda.

Operatsiyada 3 ta o’q-dori ombori portlatildi, jangarilar tomonidan foydalanilgan yengil transport vositalari chiqindiga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #portlash , #bomba , #Tolibon , #operatsiya

Aloqador xabarlar