Ruanda davlatida kuchli yog’ingarchilik oqibatida ko’chki sodir bo’ldi
Mamlakat shimolidagi Gakenke hududi mas’uli Vilfried Bigereyaning aytishicha, hududda ko’plab uy ko’chki tagida qolib ketgan va 21 kishi halok bo'lgan.
486968
Ruanda davlatida kuchli yog’ingarchilik oqibatida ko’chki sodir bo’ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, ko’chkida 21 kishi nobud bo’ldi.
Mamlakat shimolidagi Gakenke hududi mas’uli Vilfried Bigereyaning aytishicha, hududda ko’plab uy ko’chki tagida qolib ketgan.
Tog’lik va tepaliklar bilan o’ralgan Ruanda geografik joylashuvi sababli tez-tez tuproq ko’chkilariga guvoh bo’lmoqda.
Hukumat bunday tabiat hodisalari tufayli yuzaga keladigan talofatlarni oldini olish maqsadida turli chora-tadbirlarni olgan.
Bunga qaramay, mamlakatda yuzaga kelgan tuproq ko’chkilari oqibatida bir yil ichida taxminan 60 inson halok bo’lgan.